Bright Uzbekistan asoschisining Italiyaga tashrifi doirasidagi samarali uchrashuv

Loyihamiz asoschisining Yevropaga amalga oshirgan safari ko’plab yangi hamkorlik aloqalarini yo’lga qo’yishga hissa qo’shmoqda. Italiyaga tashrifi doirasida Davron Abdullaev Oʼzbekiston Respublikasining Italiyadagi elchixona maslahatchisi Аbdulaziz Аbdugʼaniyev bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida “Bright Uzbekistan” xalqaro loyihasining faoliyati, imedji, bugunga qadar bosib o’tgan yo’li va navbatdagi qadamlari haqida suhbatlashildi. Shuningdek, Аbdulaziz Аbdugʼaniyev bilan O’zbekistonning Italiyadagi elchixonasi bilan hamkorlik aloqalarini o’rnatish borasida muzokaralar olib borildi.