"Bright Uzbekistan" hamkorlik ko'lami kengaymoqda!

Bu safar «Wellmore Hotel Development» kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Wellmore Hotel Development - bu mamlakatimizda mehmonxonalar ochilishining barcha bosqichlarida: loyihalashtirish va qurilishdan tortib ishga qabul qilgunga qadar maslahat xizmatlarini ko'rsatadigan birinchi kompaniyadir.

Wellmore Hotel Development ixtisoslashgan sohalar:
- Citizen Travel
- Wellmore Resort
- Hilal Hotel
- Zomin Sunrice
- Wellmore Development
- Hampton by Hilton Hotel
- Wyndham Bukhara Hotel

Bugungi kunda Wellmore Hotel Development o'zining Wellmore Hotel Resort- mehmonxonasiga ega va shu yilning kuz oyida Hampton by Hilton Tashkent va Wyndham Buxoro mehmonxonalarini ishga tushirishga tayyorlanmoqda.

Uchrashuv doirasida mehmonlarga "Bright Uzbekistan" loyihasi taqdim etildi hamda uning asosiy maqsad va vazifalar yoritildi. Loyiha taqdimotidan tashqari, yanada samarali hamkorlik qilish imkoniyati ko'rib chiqildi. Wellmore Hotel Development jamoasi ham o'zaro hamkorlikka qiziqish bildirdi. Uchrashuv iliq va do'stona muhitda bo'lib o'tdi.