Bright Uzbekistan hamkorlik safini kengaytirmoqda

Kanalimizni muntazam ravishda kuzatib boruvchi o'quvchilarimiz biladilarki, loyiha jamoasi yurtimiz shon-sharafi, rivoji uchun tinmay mehnat qiluvchi, mamlakatimizning tayanchi bo'lgan Davlat idoralari, Ijrochi organlari, Agentliklar, Uyushmalar rahbarlari va biznes vakillari bilan tanishuv hamda hamkorlik uchrashuvlarini o'tkazib kelmoqdalar. 

Ana shunday uchrashuvlardan biri O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o'rinbosari, Turizm va sport vaziri Aziz Abduqaxorovich Abduhakimov bilan bo'lib o'tdi. 

Dam olish kuni bois, norasmiy va do'stona ruhda bo'lib o'tgan uchrashuvda, avvalo xalqaro loyihaning ezgu maqsadi va vazifalariga bag'ishlangan qisqa taqdimot namoyish etildi. 

Xalqaro loyihaga katta qiziqish bildirgan Aziz Abduqaxorovich kelgusida samarali hamkorlik qilish borasida o'z takliflarini bildirdi.