Bright Uzbekistan jamoasinining Istambuldagi Turkiy Kengash kotibiyatiga tashrifi

Xabaringiz bor, Bright Uzbekistan jamoasi xizmat safari bilan Istambulga yo'l olgan edi. Tashrif chog'ida, loyiha jamoasi Turkiy Kengashning Kotibiyatida ham mehmon bo'lishdi.

Loyiha asoschisi Davron Abdullaev boshchiligidagi Bright Uzbekistan jamoasini Turkiy Kengash Bosh kotib o'rinbosari Mirvokhid Azimov kutib oldi.

Uchrashuv davomida M. Azimov Kotibiyat binosi, hodimlari va faoliyati bilan mehmonlarni tanishtirdi. Shuningdek Turkiy dunyoning tarixiga ham to'xtalib o'tdilar.

Tashrif chog'ida Bright Uzbekistan loyihasi asoschisi Davron Abdullaev, Mirvokhid Azimov bilan kichik suxbat ham tashkillashtirdilar.