Bright Uzbekistan jurnali chop etilishini kutgan edim - Tanzila Narbaeva

Bright Uzbekustan jamoasi 2021-yil 10 may kuni Oliy majlis senati raisi Tanzila Narbaeva bilan uchrashuv o'tkazib, loyiha haqida ma'lumot bergan edi. Bir yil o'tib jurnalning ilk sonini ularga taqdim etildi.

1 yil burun Tanzila Kamalovna bilan bo'lib o'tgan uchrashuvda loyihani taqdim etish bilan birgalikda yurtimizdagi ommaviy axborot vositalari faoliyati, ochiqlik siyosati xamda davlat bilan hamkorlik mavzularida so‘z borgan edi.

Bugun esa suhbatimiz mahsuli sifatida muqovada Yurtboshimiz rasmlari muxrlangan Bright Uzbekistan jurnalini ularga taqdim etildi.

Uchrashuv chog‘ida jurnalning keyngi sonlari bo‘yicha rejalar xamda Oliy Majlis Senati faoilyatini muntazam yoritib borish borasida kelishuvlarga erishildi.