Bright Uzbekistan jurnalining ilk soni O'zbekiston Tashqi ishlar vazirligiga taqdim etildi

O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan hamkorlikning yangi bosqichiga qadam qo'yish maqsadida Bright Uzbekistan xalqaro loyihasi a'zolari tomonidan nashr etilgan jurnalning ilk soni mamlakatimiz TIV rahbariyatiga taqdim etildi.

O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi rahbariyati bilan tashkil etilgan uchrashuvda avvalo, loyihamizning rejalari, kelgusi qadamlari va ko'zlagan maqsadlari haqida ma'lumot berildi. Shuningdek, mazkur jurnalimizni xorij mamlakatlaridagi O'zbekiston elchixonalariga va xalqaro tashkilotlarga yetkazib berish borasida muzokaralar o'tkazildi.

Bundan tashqari, Tashqi ishlar vazirligining mamlakatimiz va xorijdagi barcha tadbirlarini keng yoritib borish hamda axborot hamkorligi yuzasidan ham kelishuvlarga erishildi.

Ma'lumot o'rnida, Bright Uzbekistan loyihasi haqidagi boshlang'ich taqdimot 2021-yil, 24-fevralda o'sha vaqtdagi Tashqi ishlar vazirining brinchi o'rinbosari, hozirgi kunda O'zbekiston Respublikasining Xitoy mamlakatidagi favqulodda va muxtor elchisi sifatida faoliyat yuritib kelayotgan Farxod Arziyev tomonidan ma'qullanib, yuksak baholnagan edi.