Bright Uzbekistan loyihasi mahalliy ishlab chiqaruvchilarini chet mamlakatlarida tanitish tarafdori

Ermak kompaniyasi boshqaruvchisi Sarvar Salikhov Bright Uzbekistan loyihasi asoschisi Davron Abdullaev bilan samarali hamkorlik doirasida uchrashuv o'tkazdilar.

O’zbekiston bozorida omadli brend bo’lishga ulgurgan ERMAK mahsulotlari bugungi kunda barchaga ma’lum. O’zbekistonda ilk bor kungaboqar pistasini fabrika sharoitida qayta ishlash va qadoqlashni yo’lga qo’ygan ushbu kompaniyaga 2008-yilda asos solingan va aynan shu kundan e’tiboran kompaniya O’zbekistonda zavod sharoitida qurt ishlab chiqaruvchi birinchi korxona hisoblanadi.

Bugungi kunda ERMAK brendi kungaboqar pistasi, qurt, yong’oq mahsulotlari, qurtoba, ayron va teshik kulcha ishlab chiqarishni yo’lga qo’ygan. Bundan tashqari korxona yaqin fursatlarda shinni, yong’oqli pastalar va marmelad kabi yangi mahsulotlarni ham iste’molchilarga taqdim etishni rejalashtirgan. Hozirgi kunda kompaniya o’z mahsulotlarini Amerika Qo’shma shtatlari, Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston hamda Isroil kabi davlatlarga eksport qiladi.