«Bright Uzbekistan» loyihasi «TXTY-2022»da taqdim etildi

Xabar berganimizdek, bugun «O‘zekspomarkaz» Milliy ko‘rgazmalar majmuasida «Ipak yo‘lida turizm» 27-Toshkent xalqaro turizm yarmarkasi start oldi.
Turizm bo'yicha xalqaro ekspertlar, ushbu sohada faoliyat yurituvchi katta kompaniyalar ishtirokida bo'lib o'tayotgan ushbu yarmarka doirasida «Medialoyihalar – mamlakatning turistik tashrif qog‘ozi» mavzusidagi sessiya dasturi tashkil etildi.
Turli yo'nalishdagi ekspertlar taqdimotlarini o'z ichiga olgan ushbu sessiyani «Bright Uzbekistan» loyihasi asoschisi Davron Abdullaevning taqdimoti ochib berdi.
Davron Abdullaev o'z taqdimotida loyihaning asos solinish tarixi, bugungi kundagi natijalari va kelgusidagi rejalar haqida so'z yuritdi.
Shuningdek, sessiya dasturida turizm va mehmondo‘stlik sohasidagi PR va strategik marketing bo‘yicha xalqaro biznes ekspert Assel Smolyar, bloger Nikita Makarenko, «Локации uzb» turistik loyihasi asoschisi Abror Ismoilov, «Profi.travel» platformasi asoschisi Aleksey Vengin hamda «Uzbekistan Vibe» loyihasi asoschisi Vadim Ivankov spikerlar sifatida qatnashishdi.
Sessiya yakunida har bir spikerga «Bright Uzbekistan» jurnalining birinchi soni taqdim etildi.






