"Bright Uzbekistan" loyihasi uchun intervyu: Bekzod Mamatqulov

"Bright Uzbekistan" loyihasi uchun galdagi intervyu BMB Trade Group Kuzatuv kengashi raisi Bekzod Mamatqulov bilan bo’lib o’tdi.
BMB Trade Group kompaniyasi xalqaro iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, zamonaviy agrosanoat klasterlarini yaratish, konsalting xizmatlarini ko'rsatish, yuqori sifatli qishloq xo'jaligi mahsulotlari va dorivor o'simliklarni eksport qilish bilan shug'ullanadi.
Bekzod Mamatqulov BMB Trade Group Kuzatuv kengashining raisi bo'lib, kompaniya faoliyati to'g'risida, xususan BMB-OPERA ZAFFERANO o'zbek-italyan qo'shma korxonasi haqida so’zlab berdi. Uning asosi bo’lib Italiya za'faronini (crocus sativus) yetishtirish, qayta ishlash va eksport qilish bo'yicha qo'shma investitsiya loyihasi amalga oshirish hisoblanadi.
Bekzod Mamatqulov bilan o’tkazilgan intervyuning to’liq shaklini tez kunlarda bizning YouTube kanalimizda tomosha qiling!