Bright Uzbekistan loyihasining ilk hamkori Bag'dod Amreyevga jurnal taqdimoti

Bright Uzbekistan loyihasining ilk qadamlarida hamroh bo'lgan Turkiy Davlatlar Tashkiloti va uning Bosh kotibi Bag'dod Amreyevga jurnalning debyut soni taqdim etildi.

Xabaringiz bor, loyiha doirasida Bright Uzbekistan jamoasi qator mutasaddi tashkilotlar va vazirliklar bilan hamkorlikni yo'lga qo'yib kelmoqda. Shu o'rinda ilk hamkorlik Turkiy dunyoni birlashtirayotgan Turkiy Davlatlar Tashkiloti bilan yo'lga qo'yilgan edi.

Jurnal betlarida TDT haqida yirik maqola va Bosh kotib Bag'dod Amreyev bilan bo'lgan qiziqarli suhbat chop etilgan.

Bosh kotib jurnalni qo'lga olib yuqori saviyada bajarilganini alohida ta'kidlab o'tdi.