"Bright Uzbekistan nashrining birinchi sonida bo'lish biz uchun sharaf" - Yusuf Sarikoc

Avval xabar berganimizdek, Bright Uzbekistan jamoasi xalqaro miqyosdagi KOC Construction qurilish kompaniyasi bilan hamkorlikni yo'lga qo'ydi va kompaniya rahbari Yusuf Sarikoc bilan yaqindan tanishib, suhbat uyushtirdi.

Intervyu davomida biz kompaniyaning tarixi va kelgusi rejalari haqida to'liq ma'lumot oldik. Yusuf Sarikoc bizning kuzatuvchilarimizga o'z biznes yuritish sirlari hamda oilaviy biznesni dunyo miqyosiga olib chiqishdagi ishlari haqida gapirib o'tdi.

Qolaversa, KOC Construction kompaniyasinig xozirgi kundagi mega loyihasi, Piramit Tower and Mall haqida ham so'z bordi.

Ushbu $150,000,000 lik investitsion loyiha o'z ichiga qator afzalliklarni jam qilib, o'z xaridorlariga barcha qulayliklarni taqdim etadi.

Tez kunda intervyuning to'liq shaklini bizning rasmiy sahifalar orqali tomosha qilishingiz mumkin bo'ladi.

Bizni kuzatishda davom eting!