«Bright Uzbekistan - sifat nuqtai nazaridan ham, mazmun nuqtai nazaridan ham kelajagi bor loyiha» - Sherzod Asadov

Joriy yilning 5-aprel kuni Prezident Administratsiyasi rahbari o'rinbosari, Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov Bright Uzbekistan nashrining ikkinchi soni bilan tanishdi.

Xalqaro munosabatlar va media sohasi eksperti sifatida Sherzod Asadov yangi nashr sifatli, mazmunli va ikki davlat aloqalarini, shuningdek mamlakatimizni dunyo davlatlari bilan mustahkam aloqalarini keng yorita olganini ta'kidladi.

Albatta jurnalning bu darajada mazmunli chiqishining asosiy sababchilaridan biri, bu O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasidir. Loyiha davlat rahbariga taqdim etilgandan so'ng prezidentimiz tomonidan qo'yilgan vazifalar Administratsiya mas’ullari, Tashqi ishlar vazirligi va O’zbekistonning Turkiya Respublikasidagi elchixonasi tomonidan to'laqonli bajarildi deb ayta olamiz va ushbu davlat idoralari rahbarlariga hamda hodimlariga tahririyat nomidan minnatdorchilik bildiramiz.

Uchrashuv davomida, Sherzod Asadov Ozarbayjonga bag’ishlangan navbatdagi son uchun hamkorlik strategiyasini tuzish va uchinchi son mazmunini yanada mukammallashtirishga qaratilgan ishlarni amalga oshirish yo’l haritasini tayyorlashga e'tibor qaratdi.

Uchrashuv so'nggida rasman Bright Uzbekistan nashrining uchinchi soniga start berildi!