Bright Uzbekistan — bu katta jamoaviy ish hosili

Joriy yilning 8-aprel kuni Bright Uzbekistan jamoasining Turkiya Respublikasiga tashrifi doirasida, jurnalning ikkinchi soni uchun katta hissa qo'shgan hamkorimiz, O‘zbekiston Respublikasining Turkiyadagi favqulodda va muxtor elchisi Alisher Agzamkhodjaev bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Alisher Agzamkhodjaev boshchiligidagi elchixona jurnalning ikkinchi soni uchun tayyorlangan eksklyuziv intervyu va maqolalarni tayyorlashda ulkan hissa qo'shgan.

Uchrashuv davomida qilingan ishlar sarhisob qilinib elchi janoblariga jurnalning ikkinchi nashri taqdim etildi. Shu o‘rinda A. Agzamkhodjaev jurnalni Turkiyaning mutasaddilariga tegishli tarzda taqdim etish yo‘l xaritasini tuzishni taklif qildi.

Samarali va do‘stona muhitda o‘tgan uchrashuv jarayonida kelgusi hamkorlik rejalari ham muhokama qilindi.