Britaniya Alisher Usmonov kompaniyasiga sanksiya kiritdi

Buyuk Britaniya Alisher Usmonovga tegishli “USM Holdings Limited” kompaniyasiga nisbatan sanksiya joriy qildi. Bu haqda TASS xabar berdi.

Qayd etilishicha, “qora roʻyxat”ga ukrainalik siyosatchi Viktor Medvedchukning rafiqasi Oksana Marchenko, rossiyalik tadbirkor Vladimir Yevtushenkovning rafiqasi Natalya Yevtushenkova hamda uning farzandlari Feliks Yevtushenkov va Tatyana Yevtushenkovalar ham kiritilgan.

Bundan tashqari, senator Sulaymon Kerimovning qizi Gulnora Kerimovaga nisbatan Buyuk Britaniyaga kirishni taqiqlash, trast xizmatlarini koʻrsatish hamda aktivlar topilgan taqdirda ularni muzlatish kabi cheklovlar joriy etilgan.