Britaniya Kengashi O'zbekistondagi 25 yillik faoliyatini sarhisob qilmoqda

15-dekabr kuni Toshkentning “Hyatt Regency” mehmonxonasida Britaniya Kengashining O‘zbekistondagi faoliyatining 25 yilligini nishonlashga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Matbuot anjumanida Britaniya Kengashi direktori – Denis Voddingem, Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisi – Tim Torlot, Xalq ta’limi, Madaniyat, Oliy va o‘rta ta’lim vazirliklari va boshqa hamkorlar ishtirok etishdi.
Britaniya Kengashining O‘zbekistondagi faoliyati 1996-yil oktabr oyida O‘zbekiston hukumati bilan rasmiy ikki tomonlama shartnoma imzolanishi bilan boshlandi. O‘tgan yillar davomida tashkilot O‘zbekiston va Buyuk Britaniya o‘rtasidagi ta’lim, institutsional va madaniy aloqalarni mustahkamlashda sezilarli yutuqlarga erishdi.
Britaniya Kengashi faoliyatini 3 ta yo‘nalishga bo’lsa bo’ladi – madaniyat va san’at sohalarini va ijodiy iqtisodiyotni rivojlantirish, shuningdek, ta’lim tizimini isloh qilish va ingliz tilini o‘qitish sohasidagi ishlar va ingliz tili bo‘yicha bilimlarni baholash tizimiga oid ishlarni amalga oshirib kelmoqda.
So'nggi yillarda erishilgan asosiy yutuqlar qatoriga quyidagilar kiradi:
• Toshkent shahrida 4000 dan ortiq talaba tahsil olayotgan Xalqaro Vestminster universiteti filialini ochishga ko‘maklashish.
• Ingliz tili o‘qituvchilarini tayyorlash bo‘yicha zamonaviy milliy o‘quv dasturini ishlab chiqish va muvaffaqiyatli joriy etish. Dastur 18 ta ta’lim muassasasida amalga oshirilib, yiliga 4000 dan ortiq bo‘lajak o‘qituvchilarni tayyorlaydi.
• 45 ta davlat universitetlari tomonidan qo'llaniladigan maxsus maqsadli ingliz tili o'quv dasturini (ESP) ishlab chiqish.
• London Metropoliten universiteti hamda Oliy va o‘rta ta’lim vazirligi bilan hamkorlikda yaratilgan “Sifat madaniyati” dasturini joriy etish. Dastur 6 yil davomida har yili 500 nafar akademik rahbarlar uchun innovatsion kasbiy rivojlanish yo'lini taklif etadi.
Memorandum doirasida 2021-yilda Britaniya Kengashi O‘zbekistonda milliy ta’lim islohotini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qator dasturlar ishlab chiqdi.
“Britaniya Kengashining O‘zbekistondagi dasturlarida 25 yildan ortiq faoliyat yuritib, unda 700 dan ortiq tashkilot ishtirok etdi, 115 mingdan ortiq kishi bevosita ko‘mak oldi, O‘zbekiston va Buyuk Britaniyada jami qamrov 27 milliondan ortiq kishini tashkil etdi”, - belgilab o’tdi Britaniya Kengashi direktori Denis Voddingem.
“Britaniya Kengashining O‘zbekistondagi loyihalarini yoritish juda ta’sirli! 34 million aholisi bo'lgan mamlakat uchun 27 million - bu haqiqatan ham ajoyib natija, ammo buning ajablanarli joyi yo'q. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so‘ng u yoki bu tarzda ta’lim tizimi bilan aloqaga chiqqan, turli ta’lim muassasalarida tahsil olgan har bir kishiga Britaniya Kengashi jamoasi olib borayotgan ish natijalari u yoki bu tarzda ta’sir ko‘rsatdi. Bu natijalar esa uzoq yillar va o‘nlab yillar davomida seziladi”, takidladi Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisi Tim Torlot.






