Britaniya Mudofaa vazirligi ilk kvant kompyuteriga ega bo’ldi

Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi hukumat uchun birinchi kvant kompyuterini sotib oldi. Ushbu kompyuterlar juda murakkab hisob-kitoblarni juda tez va qisqa mudatda amalga oshirishi mumkinligi bilan ajralib turadi. Qurilma yaratuvchilari u oddiy kompyuterlar xal eta olmaydigan muammolarni yechishga qodirligini ta’kidlashmoqda.

Vazirlik Orca Computing kompaniyasi bilan hamkorlikda kvant texnologiyalarini mudofaa sohasida qo‘llashni o‘rganadi.

Uy va ish joylarimizdagi ko’pgina kompyuterlar nol, birlik yoki ikkilik qiymatiga ega bo'lgan bitlarda ma'lumotlarni qayta ishlaydi.

Kvant kompyuterlari esa "qubit" deb nomlangan ma'lumotlarni qayta ishlash uchun “ikki holat” (two-state) birligidan foydalanadi.

Bu superpozitsiya deb ataladigan kvant mexanik jarayon orqali bir yoki nolga o'xshash raqamlarni bir vaqtning o'zida ifodalashi mumkin. Bu kvant kompyuterlariga ikkilik raqamlarni ko'paytirishga va oddiy kompyuterlardagi noaniqlikni bartaraf etishga imkon beradi.

Kvant hisoblash bo'yicha mutaxassislar va fiziklarning ta'kidlashicha, bu o'rtacha kompyuterlar tomonidan yillar davomida yechiladigan muammolarni bir necha daqiqada hal qilish mumkinligini anglatadi.