Britaniya qayta tiklanadigan energiya ishlab chiqaruvchilarning daromadlarini cheklamoqchi

Bloomberg agentligi xabariga ko’ra, Buyuk Britaniya uy xo'jaliklariga ko'tarilgan elektr to'lovlarining ta'sirini kamaytirish uchun qayta tiklanadigan energiya ishlab chiqaruvchilariga daromad cheklovini joriy etish rejalarini ilgari surmoqda.

Ularga ko‘ra, Buyuk Britaniyaning tadbirkorlik, energetika va sanoat strategiyasi departamenti rasmiylari qayta tiklanadigan energiya bo‘yicha qator yirik kompaniyalar bilan muzokaralar o‘tkazgan.

Muzokaralar qayta tiklanadigan energiya ishlab chiqaruvchilarning daromadlarini cheklaydigan mexanizm va iste'molchilarga yordam berish uchun mablag'larni yo'naltirish masalasiga qaratildi. Agentlik maʼlumotlariga koʻra, rejalar hali yakunlangani yoʻq.

Qayd etilishicha, sentabr oyi boshida Buyuk Britaniya Bosh vaziri Liz Trass uy xo'jaliklarining elektr energiyasi uchun o'rtacha to'lovini 2500 funt sterling (taxminan 2675 dollar) bilan cheklashni rejalashtirayotganini e'lon qilgan.

Energetika inqirozi oqibatlariga qarshi kurash siyosatining bir qismi sifatida u energiyaning ulgurji narxlarini pasaytirish uchun yirik energetika kompaniyalari, jumladan Centrica va EDF Energy bilan shartnomalar tuzishga umid qilishini bildirgan.