Bu insonning tirik qolgani juda ajablanarli

Janubiy Afrikadan Niderlandiyaga parvoz qilgan samolyot g’ildiragidan noqonuniy uchuvchi tirik holda topildi.

Gollandiya politsiyasi Janubiy Afrikadan Amsterdamning Schiphol aeroportiga qo‘ngan samolyotning burun g‘ildiragi qismida tirik holda topilgani va uning ahvoli barqaror holda kasalxonaga yetkazilgani haqida xabar berdi.

Gollandiyaning NOS teleradiokompaniyasining xabar berishicha, voqea joyida erkakning tana harorati ko‘tarilgan. Tez yordam mashinasi yetib borgunga qadar u oddiy savollarga javob bera olgan.

Yoxannesburgdan Amsterdamga parvoz taxminan 11 soat davom etadi. Ushbu yuk samolyoti Keniyaning Nayrobi shahrida bir to'xtab o’tgan deyiladi axborotda. Erkak samolyotga qayerda chiqqani haligacha noma’lumligicha qolmoqda.

Erkakning yoshi va millati ham aniqlanmagan, deydi politsiya.