Bu mutlaqo yangi mexanizm - Sherzod Asadov

Ushbu haftada Toshkentda ilk bor O‘zbekiston, Turkiya, Ozarbayjon tashqi ishlar, savdo hamda transport vazirlarining uch tomonlama uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda dushanba kungi brifingda O‘zbekiston Prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.

U muzokaralar uch mamlakat rahbarlarining o‘zaro kelishuvlari asosida o‘tayotganini eslatib, “Bu mutlaqo yangi mexanizm”,- deya ta’kidladi.

“Muzokaralar kun tartibidan mintaqalararo hamkorlikni yanada rivojlantirish, investitsiyalar, innovatsiyalar, transport-kommunikatsiya sohalarida hamkorlik istiqbollarini belgilash o‘rin olgan”, - dedi u.

Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev tadbirda ishtirok etadigan Turkiya TIV rahbari Mavlut Chavushog‘li va Ozarbayjon TIV rahbari Jeyhun Bayramovni ham qabul qiladi.