Bu yoshlar – Yangi Oʼzbekiston yoshlari

"Meni quvontiradigan yana bir jihat – zavod qurilishida qatnashgan mutaxassislarning qariyb 80 foizi oʼzimizning mahalliy kadrlar, xususan, yangicha ishlashga chanqoq, azmu shijoatli yoshlarimizdir. Bu yoshlar – Yangi Oʼzbekiston yoshlari. Ular milliy sanoatimiz ravnaqiga munosib hissa qoʼshib, bu yoʼlda “oltin fond”imizga aylanadi, deb ishonaman" - Prezident.
Buning uchun barcha sharoitlar yaratilishi, avvalo, Qashqadaryoda yoshlarni kasb-hunarga oʼqitish yangicha yondashuv asosida tashkil etilishi taʼkidlandi.
Hududdagi barcha kasb-hunar markazlari Shoʼrtan gaz-kimyo majmuasi, Muborak gazni qayta ishlash va yangi GTL zavodlariga biriktiriladi.
Prezidentimiz Shoʼrtan gaz-kimyo majmuasining ishlab chiqarish quvvatlarini 3 barobarga kengaytirish boʼyicha yana bir yangi majmua qurilishi taʼkidladi.
Yangi quriladigan ushbu korxonada GTL zavodida ishlab chiqariladigan 430 ming tonna naftani qayta ishlash hisobiga, yiliga 380 ming tonna polietilen va polipropilen tayyorlanadi. Yana mingga yaqin yangi ish oʼrinlari yaratiladi.
Natijada qoʼshimcha 550 million dollarlik mahsulot ishlab chiqariladi.
Oʼz navbatida, ana shu mahsulotlarni yanada chuqur qayta ishlash orqali, 2 barobargacha koʼp isteʼmol mahsulotlari ishlab chiqarish mumkin boʼladi.
Ushbu yangi loyihaning qiymati 1,8 milliard dollarga teng.






