Bugun ayrim hududlarda havo harorati +20 darajagacha ko’tariladi

8-fevral kuni Oʼzbekiston boʼyicha baʼzi joylarda yomgʼir yogʼib, momaqaldiroq boʼlishi kutilmoqda. Qoraqalpogʼiston Respublikasi, Xorazm va Fargʼona vodiysi viloyatlarida yogʼingarchilik kuzatilmaydi.

Joylarda tuman tushishi, shamol 7-12 m/s tezlikda esishi, baʼzi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat +10+15 daraja, baʼzi joylarda +17+20 darajagacha iliq boʼladi.

Toshkent shahrida kunning ikkinchi yarmida yomgʼir yogʼadi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esib, 15-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat +12+14 darajagacha iliq bo’ladi.

Togʼ oldi va togʼli hududlarda baʼzi joylarda yomgʼir, qor yogʼib, tuman tushishi mumkin. Qor koʼchishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esaib, baʼzi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat +3+8 daraja iliq boʼladi.