Bugun ayrim hududlarda -17 darajagacha sovuq bo'ladi

11- yanvar kuni Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Surxondaryo viloyatlari va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda biroz qor yog‘adi.

Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin, Surxondaryo, Farg‘ona viloyatlarida ayrim joylarida ba’zida 23-25 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat -5-10, ba’zi joylarda -17 darajagacha pastlaydi.

Toshkent shahrida kechga tomon biroz qor yog‘ishi, tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat -7-9 daraja bo‘lishi kutilmoqda.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda qor yog‘adi, tuman tushadi. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin, ayrim joylarida ba’zida 23-25 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat -10-15 daraja sovuq bo‘ladi.