Bugun havo harorati +10 darajagacha iliydi

Ma’lum qilinishicha, 30-yanvardan antisiklonning sovuq pereferiyasi tugab Oʼzbekiston hududiga issiq havo oqimi kirib kelishi boshlanadi.
Bugun Oʼzbekiston boʼyicha yogʼingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushadi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat +5+10 daraja iliq boʼladi.
Toshkent shahrida yogʼingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat +7+9 darajagacha koʼtariladi.
Togʼli hududlarda yogʼingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat +2+7 daraja iliq boʼladi.






