Bugun havo harorati +14 darajagacha iliydi

Bugun, 1-fevral kuni Oʼzbekiston boʼyicha havo oʼzgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomgʼir yogʼadi. Samarqand, Jizzax, Toshkent viloyatlarining baʼzi hududlarida kuchli yog’ingarchilik kuzatilishi mumkin. Fargʼona vodiysi viloyatlarida yogʼingarchilik kutilmaydi.
Baʼzi joylarga tuman tushadi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin, Navoiy, Samarqand, Jizzax viloyatlarining ayrim joylarida baʼzida shamol 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat +5+10 daraja iliq boʼladi, baʼzi joylarda +12+14° darajagacha koʼtariladi.
Toshkent shahrida vaqti-vaqti bilan yomgʼir yogʼadi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat +9+11 daraja iliq boʼladi.






