Bugun mamlakatimizda qishloq xoʼjaligi xodimlari kuni nishonlanmoqda!

Dekabr oyining ikkinchi yakshanbasi mamlakatimizda Oʼzbekiston qishloq xoʼjaligi xodimlarining kasb bayrami sifatida nishonlanadi. Ushbu bayram munosabati bilan bugun Oʼzekspomarkazda tantanali tadbir boʼlib oʼtdi. Unda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning bayram tabrigini Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov oʼqib eshittirdi.
Qutlovda bozor va doʼkonlarimizdagi toʼkinlik va arzonchilik, shahar va qishloqlarimiz, xonadonlarimiz obodligida qishloq xoʼjaligi xodimlarining ulkan hissasi borligi alohida qayd etilgan.
Аgrar tarmoqda boshlangan islohotlar izchil davom ettirilishi, qishloq xoʼjaligida suv taʼminotini yaxshilash, suv xoʼjaligi infratuzilmasini modernizatsiya qilish boʼyicha yirik loyihalar boshlanishi taʼkidlangan.
Prezidentimiz dehqon va fermerlar, agroklasterlar rahbarlari va xodimlariga, sohada mehnat qilayotgan barcha vatandoshlarimizga oʼz nomidan va butun xalqimiz nomidan chuqur minnatdorlik bildirib, eng ezgu tilaklarini bildirdi.






