Bugun Pekin-2022 Olimpiadasi rasman start oladi

Bugun Xitoy poytaxtida dunyo ahli 4 yil kutgan navbatdagi Qishki Olimpiya o‘yinlarining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi. "Qush uyasi" nomini olgan mashhur Milliy stadionda o‘tkaziladigan tantana butun dunyo jamoatchiligida katta qiziqish uyg‘otmoqda.

Marosim Toshkent vaqti bilan 17:00 da boshlanadi. Tashkiliy qo‘mita a’zolari unga katta tayyorgarlik olib borilgani, musobaqalar tarixidagi eng yorqin marosim bo‘lishini va’da qilmoqda.

Ushbu marosimni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham bevosita stadiondan kuzatib boradi. Mamlakatlar paradida sportchimiz Komiljon To‘xtayev boshchiligidagi delegatsiyamiz ko‘rinish beradi.