Bugun poytaxtda havo harorati -9 -11 daraja sovuq bo'ladi

12-yanvar kuni Toshkent shahrida yogʼingarchilik kutilmaydi. Yoʼllarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat -9-11 daraja sovuq boʼlishi kutilmoqda.

Oʼzbekiston boʼyicha yogʼingarchilik kutilmaydi, faqat Surxondaryo viloyatida baʼzi joylarda biroz qor yogʼadi.

Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Yoʼllarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat -7-12 daraja sovuq boʼladi.

Togʼ oldi va togʼli hududlarda baʼzi joylarda qor yogʼadi, tuman tushadi. Qor koʼchish havfi bor. Yoʼllarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat -10-15 daraja sovuq boʼlishi mumkin.