Bugun Shavkat Mirziyev va Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning bugun bo‘lib o‘tgan telefon orqali muloqoti haqida xabar berdi.
Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev bugun o‘zining yubileyini nishonlamoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamkasbini 60 yoshga to‘lishi bilan samimiy tabriklab, unga sog‘lik, farovonlik va ulkan muvaffaqiyatlar, qardosh Ozarbayjon xalqiga tinchlik va farovonlik tiladi.

Davlat rahbarlari mamlakatlarimiz o‘rtasidagi strategik sheriklik va ko‘p vektorli hamkorlik sohasidagi munosabatlarning dolzarb masalalarini ham muhokama qildilar.

Keyingi yillarda savdo-iqtisodiy munosabatlarda ijobiy tendentsiya kuzatilayotgani: tovar ayirboshlash ko‘rsatkichlari oshib, yetakchi korxonalar hamkorligi kengayayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Dekabr oyida Bokuda sanoat ko'rgazmasi va ikki mamlakat qo'shma ishbilarmonlar kengashining yig'ilishi bo'lib o'tdi. Ikki tomonlama madaniy-gumanitar dastur doirasida ham faol almashinuv yo‘lga qo‘yilgan.

Davlat rahbarlari barcha ustuvor tarmoqlarda, masalan, mashinasozlik, energetika, qishloq xo‘jaligi, transport va logistika kabi sohalarda amaliy hamkorlik loyihalarini imkon qadar tezroq ilgari surish zarurligi haqida o‘zaro kelishib oldilar.

Shuningdek, mintaqaviy siyosat va xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Prezidentlar birgalikda bo‘lajak tadbirlar jadvalini ko‘rib chiqishdi.

Suhbat ikki davlat rahbarlari uchun allaqachon anʼanaviy boʻlib qolgan iliq va doʻstona muhitda oʻtdi.