Bugun Shavkat Mirziyoyev Qosim-Jomart Tokayev bilan uchrashadi

Bugun, 3-mart kuni Chimkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayevning norasmiy uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.
Muzokaralar kun tartibiga ikki tomonlama va mintaqaviy kun tartibining dolzarb masalalari kiritilgan.
O‘zbekiston va Qozog‘istonning yetakchi korxonalari o‘rtasida ustuvor hamkorlik loyihalarini ilgari surishga alohida e’tibor qaratiladi.






