Bugun Shavkat Mirziyoyev Urganch shahrida Jaloliddin Manguberdi haykalining ochilish marosimida ishtirok etadi

Davlatimiz rahbari Urganch shahrida sarkarda va davlat arbobi Jaloliddin Manguberdi haykalining tantanali ochilish marosimida ishtirok etadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mirziyoyev Xorazmga tashrifi chog‘ida Urganchda markaziy maydon qurish va Jaloliddin Manguberdining muhtasham haykalini o‘rnatish, shaharda 1000 o‘rinli Zamonaviy san’at saroyini qurish tashabbusi bilan chiqqan edi.
Urganch shahrining al-Xorazmiy va Islom Karimov ko‘chalari chorrahasida joylashgan ushbu maydon kompozitsiyasi Jaloliddin Manguberdining 25 metrlik otliq haykali asosida yaratilgan. Maydon yonida muhtasham san’at saroyi qurildi.






