Bugun Tojikistonda 6 marotaba zilzila sodir boʼldi

Tojikistonda Toshkent vaqti bilan soat 05:37, 05:55, 06:06, 06:35, 07:07, 07:18 da olti marotaba 4 magnitudadan yuqori zilzilalar kuzatildi. Soat 05:43 da qayd etilgan zilzila epitsentirida zilzila kuchi 5.8 magnitudaga teng boʼlib, zilzila kuchi Oʼzbekiston hududida ham sezildi.
FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qilishicha, bugun, 23-fevral kuni Toshkent vaqti bilan 05:37da (23.02.2023 yil, Grinvich boʼyicha 00:37da) Tojikistonda zilzila sodir boʼldi. Zilzila koordinatalari: 38,51 gradus shimoliy kenglik; 72,84 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=5,8. Chuqurlik 147 km. Zilzila epitsentri Toshkentdan 435 km janubiy-sharqda.
Oʼzbekiston Respublikasi hududida zilzilaning sezilish kuchi:
— Fargʼona 4 ball, 227 km.
— Аndijon 4 ball, 256 km.
— Namangan 4 ball, 294 km.
— Sirdaryo 3-4 ball, 413 km.
— Toshkent 3-4 ball, 435 km.
— Jizzax 3-4 ball, 467 km.
— Surxondaryo 3 ball, 509 km.
— Samarqand 3 ball, 523 km.
— Qashqadaryo 3 ball, 614 km.
— Navoiy 3 ball, 666 km.
— Buxoro 3 ball, 739 km.






