Bugun Toshkentda harorat +11 darajagacha iliq boʼladi

6-fevral kuni Oʼzbekiston boʼyicha yogʼingarchilik kutilmaydi, faqat Buxoro, Navoiy, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida baʼzi joylarda biroz yomgʼir yogʼib, tuman tushishi mumkin. Toshkentda yogʼingarchilik kutilmaydi. Harorat +9+11 daraja iliq boʼladi.

Togʼ oldi va togʼli hududlarida baʼzi joylarda yomgʼir va qor yogʼishi mumkin. Qor koʼchishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat +2+7 daraja atrofida boʼladi.