Bugun Toshkentda "Tungi velosayr" festivali oʼtkaziladi

22-sentabr - Xalqaro avtomobilsiz kun munosabati bilan poytaxtda "Tungi velosayr" festivali oʼtkaziladi.

Sayr bugun — 22-sentyabr kuni soat 20:00 da Toshkentdagi Mahtumquli va Mirzo Ulugʼbek koʼchalari kesishmasidan boshlanib, "Yangi Oʼzbekiston" bogʼigacha davom etadi.

Ushbu tadbirda barcha velosport ishqibozlari – professionallar va havaskorlar ishtirok etishlari mumkin.