Bugun Toshkentning bir necha ko'chalarida vaqtincha avtomobillar harakati to'xtatiladi

Toshkent shahar hokimligining ma'lum qilishicha, bugun, 19-avgust kuni Konya shahrida bo‘lib o‘tgan V Islom birdamligi o‘yinlarida ishtirok etgan O‘zbekiston delegasiyasining yurtimizga qaytib kelishi munosabati bilan, ularni kutib olish maqsadida soat 18:00 dan 23:00 gacha bo‘lgan vaqtda ba’zi ko‘chalarda avtomobillar harakati to'xtatiladi.

Toshkent xalqaro aeraportidan Qumariq va Sodiqjon Tolipov ko‘chalari bo‘ylab Nukus ko‘chasigacha;

Nukus ko‘chasidan uning Oybek ko‘chasi bilan kesishmasigacha;

Oybek va Afrosiyob ko‘chalaridan Afrosiyob ko‘chasining Sharof Rashidov ko‘chasi bilan kesishmasigacha;

Sharof Rashidov ko‘chasi bo‘ylab uning Navoiy shoh ko‘chasi bilan kesishmasigacha;

Navoiy shoh ko‘chasi bo‘ylab uning Amir Temur shoh ko‘chasi bilan kesishmasigacha;

Amir Temur shoh ko‘chasi bo‘ylab uning Islom Karimov ko‘chasi bilan kesishmasigacha;

Islom Karimov ko‘chasi bo‘ylab uning Botir Zokirov ko‘chasi bilan kesishmasigacha;

Botir Zokirov ko‘chasidan Paxtakor ko‘chasi 79-uygacha.

Haydovchilardan vaqtincha aylanma yo‘llardan foydalanishlari so'ralmoqda.