Bugundan boshlab Qozog‘iston va O‘zbekiston o’rtasidagi chegara punktlari ochiladi

Qozog‘iston 11-apreldan boshlab O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Rossiya bilan quruqlikdagi chegara o‘tkazuv punktlarida fuqarolarning chegarani kesib o‘tishiga nisbatan kiritilgan cheklovlarni olib tashlaydi.

Bundan tashqari, aviaqatnovlar orqali kirishga qo‘yilgan barcha cheklovlar bekor qilinadi.

P.S. chegaradan o‘tishda PZR-test manfiy chiqqani yoki COVID-19ga qarshi to‘liq emlanganlik to‘g‘risidagi sertifikatni ko‘rsatish talabi saqlab qolinadi.