Bugundan oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari boshlandi

Eslatib oʻtamiz, test sinovlari ikki smenada: ertalab soat 7.00 dan 10.00 ga qadar va kechki soat 19.00 dan 22.00 ga qadar oʻtkaziladi.

Abituriyentlar beshta fan bo‘yicha jami 90 ta test topshiriqlarini bajarishlari lozim bo’ladi, oliygohga kirish uchun esa maksimal ball 189 ball etib belgilangan.

P.S. Test sinovlari 20-avgustga qadar davom etadi.