Bugungi kunda maktabning eng katta muammosi – oʼqitish metodikasining mutlaqo eskirganligi

Maktab taʼlimini isloh qilish boʼyicha yil boshida belgilangan topshiriqlar ijrosi, yil yakuniga qadar ustuvor vazifalarga bagʼishlangan yigʼilish bo’lib o’tmoqda.
Yigʼilishda respublika boʼyicha 1 ming 526 ta maktab bolalar tarbiyasi, davomat, maʼnaviy muhit boʼyicha “qizil” toifaga kiritilganligi taʼkidlandi.
Аyniqsa, Toshkent shahridagi 69 ta maktab, Surxondaryoda 169 ta va Qoraqalpogʼistonda 128 ta, Sirdaryoda 54 ta, Fargʼonada 162 ta, Toshkent viloyatidagi 147 ta maktablarda muhit qoniqarsiz deb topilgan.
“Bu tuman va shahar hokimlari maktab masalalari ichiga umuman kirmaganligidan dalolat. Yanvarda oʼtgan selektordan keyin ham ular oʼziga xulosa qilmagan.
Ushbu viloyat, tuman va shahar hokimlarini oxirgi marta ogohlantiraman. Аgar uch oyda oʼzgarish boʼlmasa, jiddiy chora koʼriladi.
Bugungi kunda maktabning eng katta muammosi – oʼqitish metodikasining mutlaqo eskirganligi. Аfsuski, maktab taʼlimi eski qolipdan chiqa olmayapti”, dedi davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev.






