Bugungi kunda muhim voqealar

Bugun, 2-sentabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev birinchi prezident Islom Karimov Toshkentdagi haykali poyiga gul qo'yib, uning xotirasiga hurmat bajo keltiradi.

Shuningdek, Islom taraqqiyot banki guruhining 46-yillik yig'ilishida davlat rahbarining ishtiroki ko'zda tutilgan.

Tadbir doirasida Islom taraqqiyot banki guruhi Prezidenti Muhammad bin Sulaymon Al-Jassir bilan uchrashuv o'tkazish rejalashtirilgan.