«Business Run» marafoni o‘tkazilishi sababli Toshkentdagi ba'zi ko'chalar vaqtincha yopiladi

Joriy yilning 16-oktabr kuni Toshkentda "Tashkent Global Forum" tashkiloti boshchiligida 3 km ga yugurish "Business Run" marafoni o‘tkazilishi munosabati bilan 16-oktabr soat 06:00 dan 11:00 ga qadar ba’zi ko‘chalar yopiladi.

Xususan:

Islom Karimov ko‘chasidan — Afrosiyob ko‘chasi bo‘ylab Sharof Rashidov ko‘chasigacha;
Afrosiyob ko‘chasidan — Sharof Rashidov ko‘chasi bo‘ylab Islom Karimov ko‘chasigacha;
Sharof Rashidov ko‘chasidan — Islom Karimov ko‘chasi bo‘ylab Afrosiyob ko‘chasigacha.