Buxgalteriya hisobi va auditni rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari Xalqaro konferensiya

2021-yil 9-dekabr kuni O'zbekiston Respublikasi moliya vazirligi tomonidan O'zbekiston buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi, auditorlar palatasi va buxgalterlar federatsiyasi hamkorligida "Buxgalteriya hisobi va auditni rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari" mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy onlayn konferensiya o'tkazildi.

Konferensiyada moliya vazirligi vakillari, Sertifikatlangan diplomli buxgalterlar xalqaro assotsiatsiyasi (Аssociation of Chartered Certified Accountants, АССА) ekspertlari, MDH mamlakatlari buxgalterlar va auditorlar jamoat birlashmalari mutaxassislari, xalqaro maslahatchilar, xususiy sektor auditorlari va buxgalterlari, Rossiya federatsiyasi va O'zbekiston Respublikasi ixtisoslashtirilgan oliy ta'lim muassasalarining doktorantlari va magistrlari ishtirok etdilar.

Konferensiya davomida quyidagi yo'nalishlar bo'yicha dolzarb masalalar muhokama qilindi:

• MHXSni qo'llash va buxgalteriya tizimini raqamlashtirish sharoitida moliyaviy hisobotlarni shakllantirishga zamonaviy kontseptual yondashuvlar;

• globallashuv sharoitida auditning xalqaro standartlariga muvofiq ichki va tashqi sifat nazoratini tashkil etish talablarini kuchaytirish;

• buxgalterlar va auditorlarni sertifikatlash bo'yicha professional buxgalter va xalqaro ta'lim dasturlari maqomini oshirish;

• buxgalteriya hisobi va auditni rivojlantirishda professional tashkilotning o'rni.