Buxoro IT-Expo ko‘rgazmasi

Buxoro viloyat hokimligi, Axborot texnologiyalari va kommugikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi va IT-Park Buxoro filiali hamkorligida “Buxoro IT-Expo” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.
Buxoro viloyatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, “Elektron hukumat” va raqamli iqtisodiyot sohalarida xizmatlar ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar, tadbirkorlik subyektlarini yanada qo‘llab-quvvatlash, dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish bozorini yanada rivojlantirish hamda Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnoparki rezidentlari sonini oshirish maqsadida ushbu ko'rgazba tashkillashtirildi.
Ko‘rgazmada “Huawei” xorijiy kompaniyasi, “Telecom Devices Pro” MChJ, “O‘zbektelekom” AK Buxoro filiali, “O‘zbekiston pochtasi” AJ Buxoro filiali, “Aloqabank” viloyat filiali, “UZDIGITAL TV”, “TURON TV”, “Buxoro agroklaster” MChJ, oliy ta’lim muassasalari, viloyatdagi uyali aloqa operatorlari tomonidan aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar hamda mahalliy dasturchilar tomonidan yaratilgan dasturlari bilan taqdimot qilishdi.
Mazkur ko‘rgazma axborot texnologiyalari sohasida faoliyat olib boruvchi biznes vakillari va bevosita iste’molchilarning o‘zaro muloqotiga, talab va taklifning shakllanishiga, hamkorlikdagi tashabbuslarni ilgari surishga imkoniyat yaratdi.
“Buxoro IT-Expo” ko‘rgazmasida 40 dan ziyod korxona va kompaniyalar o‘z stendlari bilan ishtirok etdi.






