«Buxoro Qorakoʼli» uyushmasi mutaxassislari tomonidan amaliy ko‘mak ko‘rsatilmoqda

Buxoro viloyati «Buxoro Qorakoʼli» uyushmasi tomonidan havo haroratining keskin pasayotganini inobatga olib, qishlov mavsumiga tayyorgarlik ishlari birma-bir tahlil qilinmoqda.
Tizimidagi Jamiyat rahbar mutaxassislari tomonidan choʼpon choʼliqlar holidan xabar olinib, semizlik darajasi oʼrtadan past boʼlgan otarlar madaniy hududlardagi ekindan boʼshagan dalalarga chiqarish davom ettirilmoqda.
Sunʼiy qochirish mavsumga tayyorgarlik koʼrish, naslli qoʼchqorlardan qon olish hamda qochirim mavsumiga tayyorlash ishlari mutaxassislar nazoratida amalga oshirilmoqda.






