Buxoro viloyati tadbirkorlari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi

Joriy yilning 30-yanvar kuni Buxoro viloyati ishbilarmon doiralari tashabbusi bilan Buxoro shahri aeroportida tadbirkorlar vakillarining Oʼzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʼrinbosari - Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov bilan rejadan tashqari uchrashuvi tashkil etildi.
Uchrashuvga Buxoro viloyati hokimi B.Zaripov va Bosh prokuratura rahbariyati ham taklif etildi.
Xususan, viloyatda ishbilarmonlik muhitini shakllantirish omillari, infratuzilmani rivojlantirishning hozirgi holati hamda investitsiyalarni jalb etish uchun sanoatning istiqbolli yoʼnalishlari koʼrib chiqildi. Tadbirkorlar bilan boʼlib oʼtgan toʼgʼridan-toʼgʼri muloqot viloyatning tuman va shaharlaridagi vaziyatni biznes nuqtai nazaridan oʼrganish hamda muayyan holatlar asosida viloyatda xususiy sektorni, investitsiyaviy va eksport faoliyatini rivojlantirishga taʼsir koʼrsatadigan tizimli muammolarni koʼrib chiqish imkonini berdi.






