Buxoro viloyatida yiliga 30 ming dona elektromobillar ishlab chiqaravuchi zavod loyihalashtirilmoqda

Buxoroda Janubiy Koreya kompaniyasi bilan hamkorlikda o‘zgacha ko‘rinishi bilan ajralib turadigan elektromobillar ishlab chikarish rejalashtirilmoqda.
“Ideal Lift” MCHJ rahbari Komiljon Qudratov Janubiy Koreyaning “SONGUO MOBILITY INNOVATION CO, LTD” kompaniya delegatsiyasi vakillari bilan bo‘lgan uchrashuvda Buxoro viloyatida qiymati 1 mlrd 210 mln. dollarga teng bo‘lgan yiliga 30 ming dona elektromobillar ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha takliflar o‘rtaga tashlandi va keng muhokama qilindi.
Mamlakatimizda qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlarning rolini yanada oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida, ikki tomon, shuningdek, loyiha bo‘yicha tayyorgarlik ishlarini boshlash to‘g‘risida bitimni, jumladan yuqori texnologiyali uskunalarni yetkazib berish, loyihalashtirish, montaj jarayoni davomida nazorat qilish va elektromobillar ishlab chiqarish nazarda tutilgan shartnomani imzoladilar.






