Buxoro viloyatining ishlab chiqarish obyektlari o'rganildi

Davlatimiz rahbarining tadbirkorlar bilan Ochiq muloqotiga tayyorgarlik ko'rish doirasida joriy yilning 22-iyul kuni O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o'rinbosari-investitsiyalar va tashqi savdo vaziri J.Xodjaev boshchiligidagi hamda vazirlik, idora va tijorat banklari rahbarlaridan iborat Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalari bo'yicha hukumat komissiyasi Buxoro viloyatining bir qator ishlab chiqarish obyektlariga tashrif buyurdi.
Tashrifdan maqsad ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishish, tizimli va xususiy tusdagi masalalarni hal etishda tadbirkorlarni qo'llab-quvvatlash, shuningdek, hududni yanada rivojlantirishning istiqbolli yo'nalishlarini o'rganishdir.
Hususan, Hukumat komissiyasi a'zolari "Buxoro Agroklaster DZZ" MChJga borishdi. Bu yerda davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan so'nggi yillarda qishloq xo'jaligi va sanoat sohalarida amalga oshirilgan islohotlar samarasi to'liq o'z ifodasini topgan. Paxtani yetishtirishdan tortib tayyor trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqarishgacha bo'lgan tsikl joriy etildi. Bundan tashqari, paxta terishdan keyin qolayotgan o'simlik chiqindilari chorvachilik korxonalariga ozuqa sifatida yuboriladi. Ishlab chiqarilgan sutdan, o'z navbatida, bir nechta narx segmentlarida ta'm sifatlari tufayli yoqori talabga ega bir necha turdagi pishloq ishlab chiqariladi. Ishlab chiqarishning barcha bosqichlarida zamonaviy uskunalar o'rnatilgan, laboratoriya mahsulot sifatini nazorat qiladi.
Obyektga tashrif chog'ida mas'ul rahbarlarga tadbirkorlarga Buxoro viloyatida bunday yuqori texnologiyali loyihalarni amalga oshirishda moliyaviy-maslahat yordamini ko'rsatish bo'yicha topshiriqlar berildi.






