Buxoro viloyatining nafaqat tarixi balki kelajagi ham istiqbolli

Bright Uzbekistan xalqaro loyihasi a’zolarining Buxorga ijodiy safari doirasida, loyihamiz asoschisi Davron Abdullaev va Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov o’rtasida uchrashuv tashkil etildi.

Davron Abdullaev uchrashuv avvalida Buxoro hokimiga loyihamiz, uning maqsad va vazifalari haqida batafsil ma’lumot berib o’tdi. Suhbat davomida Bright Uzbekistan loyihasining navbatdagi sonida Buxoroning tarixiy obidalari, uning turistik salohiyati hamda tadbirkorlik subyektlarini xorijda targ’ib etish yuzasidan muzokaralar o’tkazildi.

Shuningdek, loyihamiz asoschisi an’anaga muvofiq Bright Uzbekistan jurnalining ilk sonini Buxoro hokimiga taqdim etdi. Botir Zaripov loyihamiz va uning ilk sonini ijobiy baholab, davomiy hamkorlikda ishlashga tayyor ekanini ta’kidladi.