«Buxoro - Xiva» yoʻnalishida yoʻlovchi poyezdlar harakati tiklanmoqda

“Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi” xabariga ko’ra, “Buxoro – Xiva – Buxoro” yoʻlovchi poyezdining harakati joriy yilning 5-oktabridan tiklanadi.

Poyezd Buxorodan 5-oktabrdan 13-noyabrgacha haftaning chorshanba, juma va yakshanba kunlari harakatlanadi. Xivadan esa 6-oktabrdan 14-noyabrgacha haftaning payshanba, shanba va dushanba kunlari joʻnaydi.

Harakat jadvali:
"Buxoro 12:10 — Xiva 19:29"
"Xiva 07:52 — Buxoro 15:16"

Ta’kidlanishicha, Buxoro - Xiva yoʻnalishida yoʻlovchi poyezd harakati respublikada turizmni rivojlantirish va turistik firmalarning talabiga asosan tiklanmoqda.