Buxoroda 9-sinf o‘quvchisi retro dizayndagi elektromobil yaratdi

Buxoro viloyati Vobkent tumani “Do‘stlik” mahallasida yashovchi 9-sinf oʻquvchisi Shahzod Erkinov retro dizayndagi elektromobil yaratdi. Bu haqda “Xalq soʻzi” xabar berdi.
Qayd etilishicha, elektromobilga 12 voltli to‘rtta akkumulyator o‘rnatilgan. O‘t oldirilganda tabloda “Oq yo‘l” yozuvi paydo bo‘ladi.
Mabodo, elektromobil kaliti yo‘qolib qolgudek bo‘lsa, uni egasi barmoq izi vositasida ham o‘t oldirish imkoniyatiga ega. Begonalar bunday qila olmaydi. Mashina to‘liq o‘zbek tilida dasturlashtirilgan.
Turistik zonalarga mo‘ljallangan mazkur elektromobil ayni damda soatiga 50 kilometr tezlikda harakatlana oladi. Zarur texnik ishlar bajarilsa tezlikni soatiga 100 kilometr va hatto undan ham oshirish mumkin. Elektrokar quyosh paneli, shuningdek, elektr toki vositasida ham quvvatlanadi.






