Buxorodagi yaylov xo‘jaligi muammolari o‘rganildi

Respublika «Yaylov xoʼjaligini rivojlantirish» uyushmasi raisi E.Sh.Hayitov rahbarligidagi ishchi guruh qorakoʼlchilik klasterlari tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalarning ish jarayoni bilan tanishish, yuzaga kelgan kamchiliklar va muammolarni bartaraf qilish maqsadida Buxoro viloyatida xizmat safarida boʼlib turibdi.

14 oktyabrь kuni ishchi guruh Buxoro viloyati , Qorakoʼl tumanida faoliyat olib borayotgan «Feruza Farangiz tekstilь» MChJ faoliyati bilan tanishdi.
Ushbu korxona 2020-yil dekabr oyida tashkil qilingan boʼlib, asosiy faoliyati qoʼy junini qayta ishlashdan iborat.

Bugungi kunda korxonada junni yuvish,ranglash,quritish,lenta qilish,yigirish uskunalari ishga tushirilgan.

Korxona faoliyatini rivojlantirish maqsadida «Yaylov xoʼjaligini rivojlantirish» uyushmasining tavsiyasiga asosan «Turon» АTB tomonidan 1 mlrd soʼm imtiyozli kredit ajratilgan.

Bu yeda hozirgi kunda 30 nafar mahalliy aholi ish bilan taʼminlangan.