Buyuk Boburiylar sulolasi asoschisi

Bugun, Zahiriddin Muhammad Bobur oʻzbek adabiyotining yirik namoyondalaridan biri, shoir, adib, olim, sarkarda, yirik davlat arbobi, “Buyuk Boburiylar sulolasi” asoschisi tavalludiga 540 yil to’ldi.
Zahiriddin Muhammad Bobur ijodiyoti ustuni bo’lgan “Boburnoma” haqida nimlarni bilasiz?
Jahon adabiyoti va manbashunosligida muhim va noyob yodgorlik. Eski oʻzbek (chigʻatoy) tilida yozilgan. Asarning “Boburiya”, “Voqeanoma”, “Tuzuki Boburiy”, “Tabaqoti Boburiy”, “Tavorixi Boburiy” kabi koʻplab nomlari ham maʼlum.
Temuriylar tarixi haqida batafsil soʻylaydigan yirik manba. Asarning oʻndan ortiq qoʻlyozma nusxalari Oʻzbekiston fanlar Akademiyasi sharqshunoslik institutida saqlanadi. Koʻplab dunyoviy, jumladan, fors, ingliz, rus, turk, golland, fransuz tillariga tarjima qilingan.
Xususan, asar fors tiliga Boburning nabirasi, yirik hukmdor Akbarshoh amri bilan tarjima qilinib, unga eng mahoratli hind rassomlari tomonidan miniatyuralar chizilgan. Hozirgi vaqtga qadar “Boburnoma” 25 dan ortiq tillarga tarjima qilingan.
Asar voqealari 12 yoshlik kichkina Boburning hukmdor boʻlganidan boshlanadi. Asar birinchi shaxsdan soʻzlangan boʻlib, unda Bobur hayotida koʻrgan-kechirganlaridan tashqari, janglari, yurishlari, qadami yetgan shaharlar va maskanlari haqida qiziqarli maʼlumotlarni qoldiradi.
“Boburnoma” avtobiografik-Bobur hayoti, zamondoshlari haqida qimmatli maʼlumotlar beradi. Oʻsha davr geografiyasi, madaniyatshunosligi, sanʼati, hattoki, oʻsimliklar olami haqida ham maʼlumotlar beradi.






